Joriy yilning 27 fevral kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, institut murabbiylar Kengashi raisi Z.Ismailova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Xaydarov, fakultet dekani Sh.Narbayev, fakultet bosh murabbiysi A.Muqimov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari, murabbiylar Kengashi kotibi X.Tuychiyevlar fakultetning 40 nafar murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘rilgan asosiy masala yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev, guruh murabbiylarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyruq va hay’at qarorlarining bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda institut Ilmiy Kengashi qarorlari bajarilishining tahlili to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, institut murabbiylar Kengashi raisi Z.Ismailova, murabbiylarining ish jarayonidagi muammolari, tajribalari, olib borilayotgan ish uslublari va natijalari murabbiylik ishlarini takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar bo‘yicha maslahatlar berib o‘tdi. Fakultet dekani Sh.Narbaev barcha murabbiylarga guruhlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirib talabalar bilan yanada ko‘proq ishlash kerakligi bo‘yicha ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuv jarayonida murabbiylar tomonidan savollar, fikrlar, takliflar bildirildi. Ularga Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R. Choriev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z. Xaydarov, institut bosh murabbiysi Z. Ismailovalar yetarlicha javob berdilar. Uchrashuvda ustoz murabbiylar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan qizg‘in davra suhbati o‘tkazildi. Ustoz murabbiylik faoliyatini yuritishning aniq vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati