O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston universitetlari olimlarining o‘zaro hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati katta ahamiyat kasb etgani rost. 2021 yil 1-aprel kuni "Ta’lim maydonida tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri" Xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Volgograd davlat agrar universitetining Media-markazida Zoom platformasidagi videokonferensiya rejimida bo‘lib o‘tdi. TIQXMMI nomidan "Gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari so‘zga chiqdilar.
Professor O‘ljaeva SHohista Mamajanovna "Hozirgi bosqichda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasida hamkorlik" mavzuida, dotsent. G. O‘razalieva "O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida gender masalalarini o‘rganish xususiyatlari", katta o‘qituvchi Axmedova D.B. "Xalqlarimizning ma’naviy an’analarini rivojlantirishda gumanitar dasturlarni amalga oshirishning ahamiyati" mavzularida ma’ruza qilishdi.
Xalqaro davra suhbati uchrashuvi iliq va do‘stona muhitda o‘tdi, foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi B. Muqimov axboroti