“Yoshlar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan hukumat tadbirida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yoshlarga imkoniyat va sharoitlar yaratilishi, ularning uchinchi Renessansning chinakam bunyodkori ekani borasidagi o’tkir hamda samimiy mulohazalari barchani ruhlantirib yubordi.
Davlatimiz rahbarining xuddi shu da’vatlariga monand holda institutimiz rahbariyati yoshlar borasida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirib kelayotgani sir emas. Ayni damda yoshlarning minnatdorlik izhorlari hurmatli rektorimizdan tortib, fakultet dekanlarigacha bildirilgani ikki avlod orasidagi oltin zanjirning mustahkamligini bildirishi tabiiy. Bu istiqbolga yorqin yo’l demakdir.
“Talaba yoshlarni qo’llab - quvvatlash va ularga sharoitlar yaratib berish ishiga mutasaddi bo’lgan kasb sohiblariga hurmat-ehtiromimiz katta,” - deydi tashabbuskorlardan biri Institut Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Davronbek Rasulov. Endilikda yoshlar oldida chuqur ilm olish, sohaviy bilimlarni chuqur o’rganish, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish vazifasi turganini yoshlar teran his etayotgani quvonarli va qo’llab quvvatlanarlidir.
TIQXMMI matbuot xizmati