“Ilmiy faoliyatning nazariy va metodologik asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn vebinar

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “Ilmiy faoliyatning nazariy va metodologik asoslari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinarda ToshDAU “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor, «O‘zbekiston Oliy ta’limi a’lochisi» - Dusmuratov Rajabboy Davletbayevich o‘zining ilmiy tadqiqot faoliyati tajribalari bilan bo‘lishdi.

Unda ilmiy-tadqiqotlarda qo‘llaniladigan umumilmiy (nazariy va empirik) metodlar va ularning turkumlanishi to‘g‘risida, nazariy va empirik metodlardan ilmiy-tadqiqot jarayonida foydalanish to‘g‘risida ma’ruza qildi. Vebinar davomida ishtirokchilar, Metod, metodologiya va metodika haqida; Ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan umumilmiy metodlar; Tadqiqotlar metodikasini shakllantirish; ITI metodologik g‘oyasi, ish dasturi va rejasi kabi masalalar bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Vebinar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi. Vebinarda doktorantlar, magistrantlar va yosh professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.

ITI va IPKT bo‘limi 1-toifali muhandisi Sh.Basitxanova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati