Muzeylar moziyga muhir

   Tarixiy haqiqatni qaror toptirish, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yoʼlida qurbon boʼlgan xalqimizning suyukli farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini oʼrganish, tadqiq va targʼib etish maqsadida mamlakatimizning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda poytaxtimizning Yunusobod tumanida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui ochildi. Bu koʼp kutilgan tarixiy voqea edi. Shundan buyon har yili 31-avgust — Qatagʼon qurbonlarini yod etish kuni “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyi poytaxtimizning eng gavjum ziyoratgohlaridan biriga aylanadi. "Gidromelioratsiya" fakulteti “Meliorativ gidrologiyasi” yoʼnalishi 1-bosqich 109 - guruh murabbiyi va talaba-yoshlar bilan muzeyga sayohatni amalga oshirdi. Jamiyatni maʼnaviy yuksaltirishda, milliy gʼoyani mustahkamlashda, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida oʼrni bor. Muzeylarni bejiz tarix, maʼnaviyat va sanʼat xazinasi deb taʼriflashmaydi. Ularda turli-tuman noyob va qimmatbaho ashyolar jamlanganki, xalqning oʼtmishi aks etgan bu ekspozitsiyalar bizni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. Muzeylarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri taʼlim va tarbiya oʼchogʼi ekanligidir. 


TIQXMMI matbuot xizmati