Jannatmonand o’lkamizning diqqatga sazovor joylari ko’p. Xorijlik mehmonlarning bularga qiziqishi tobora oshib borayotgani sir emas. Shunday ekan, fuqarolarimiz o’z yurtining ana shunday shifobaxsh maskanlarini ko’rib, kengqamrovli bilimga ega bo’lishi zavqlidir.
30-iyun “Yoshlar kuni” va yoshlar bayrami munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ko‘magida bir guruh faol va iqtidorli, jamoat ishlarida yil davomida yaxshi ishtirok etgan talabalar Toshkent viloyatida joylashgan “KUMUSHKON” ziyoratgohiga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida talabalar ziyoratgoh bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aziz talabalar faol bo‘ling keyingi ekskursiya ishtirokchisi aynan siz bo‘lishingiz mumkin. Ushbu sayohatni tashkil etishda yaqindan yordam bergan institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi raisiga talabalar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Institut yoshlar ittifoqi “Yoshlar media klubi” rahbari Ulug‘bek Manzirboyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.