“Resurs tejamkor qishloq va suv xoʻjalik texnikalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy anjumani o‘z ishini boshladi. Yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishi 2021-yil 3-iyuinida filial ilmiy kengashlar zalida boshlandi.
Anjumanni ochilishida Buxoro viloyat hokim o'rinbosari M.M. Xamroyev, TIQXMMI rektori prof., U.P.Umurzakov, Viloyatlararo Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi boshligʻi R.M.Ostonov, TIQXMMI Buxoro filiali direktori, t.f.d., Sh.J.Imomov, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Anjuman o‘z ish faoliyatini 8 ta sho‘ba bo‘yicha dasturda belgilangan joylarda 3-4-iyun kunlari davom ettiradi. Anjumanni yopilishi tadbiri 4-iyun kuni soat 14:00 da Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilishi belgilangan.
TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati
TIQXMMI matbuot xizmati