1-dekabr kuni institut psixologi M.K. Muxamedova KXM fakultet xotin qizlar kengashi raisasi N.A. Xoliqova va fakultet yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi R.R. Yigitaliyeva birgalikda KXM fakulteti 1 – bosqich talaba qizlari bilan “1- dekabr OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan davra suhbati o'tkazishdi. Suhbat avvalida ishtirokchilarning kayfiyatlarini ko'tarish maqsadida “So'zsiz salomlashish” treningi o'tkazildi. Bunda guruh ishtirokchilariga aylana bo'lib stol atrofida o'tirib olib, so'zsiz imo – ishoralar yordamida hol – ahvol so'rashish ko'rsatmasi berildi. Imo – ishoralar yordamida so'rashish treningini birinchi bo'lib institut psixologi M.K. Muxamedova va fakultet xotin-qizlar kengashi raisasi N.A. Xoliqovalar boshlab berishdi va ishtirokchilar juft – juft bo'lishib davom ettirishdi. Bu trening ishtirokchilarning kayfiyatlarini ko'tarib, tadbirga qizg'in tarzda qatnashishlari uchun zamin yaratdi.Tadbirda har yili 1-dekabr sanasi an'anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanishi va bu sanada butun dunyoda OITS bilan og'riganlarni qo'llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo'yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratilishi haqida so'z bordi. Tadbirda institut psixologi M.K. Muxamedova OITSning yuqumli va ijtimoiy kassallik ekani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Fakultet xotin-qizlar kengashi raisasi N.A. Xoliqovalar talaba qizlarga OITS bu – immunitet tanqisligi sindromi bo'lib, odam kasallanganda organizm unga qarshi kurasha olmasligi, hozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri ham aynan shu kasallik ekani haqida so'z yuritdi. Hozirgi kunda esa u XXI ASR VABOSI bo'lib qolganligi, barcha talaba yoshlar bu xastalikdan o'zlarini ehtiyot qilishlari zarurligi haqida aytib o'tdi. Islom dini ta'limotida inson o'z sihat-salomatligini saqlash va ehtiyot qilishi asosiy maqsadlardan biri ekanligi alohida ta'kidlangani va shuning uchun ham kishi o'z salomatligi haqida qayg'urishi va unga aslo beparvo bo'lmasligi alohida uqtirilganligi tadbir davomida talaba qizlarga tushuntirib o'tildi. Fakultet xotin-qizlar kengashi raisasi N.A. Xoliqova talaba qizlarni fakultetda tashkil etilgan to'garaklarga a'zo bo'lishlarini taklif etdi.Tadbir so'ngida institut psixologining faoliyatini targ'ib qiluvchi varaqalar tarqatildi. Muammoga uchragan talaba qizlar fakultet xotin-qizlar kengashi raisasi N.A. Xoliqova va institut psixologi M.K. Muxamedovalarga uchrashlari mumkinligi aytib o'tildi. Tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
TIQXMMI matbuot xizmati