“Matsumae International” grant dasturini e’lon qiladi

Yaponiya fondidoktorantura ihtisosligida ta’lim olish uchun 
“Matsumae International” grant dasturini e’lon qiladi


Mazkur grant dasturi 2020-2021 yillar uchun rejalashtirilgan bo‘lib, u Yaponiya davlatida doktorantura ihtisosligi bo‘yicha ta’lim olishni istayotgan 49 yoshdan katta bo‘lmagan hamda ingliz yoki yapon tillarini mukammal biladiganlar uchun mo‘ljallangandir.
Grant doirasida barcha xarajatlar qoplanishi va bundan tashqari oylik 220 ming iyen (2000 AQSh dollari) miqdordagi stipendiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Xujjatlar original tarzida qabul qilinib, Yaponiya fondining quyidagimanzilga yuborilishi so‘raladi: 

- 4-14-46 Kamiogi, Suginami-ku, Tokyo, 167-0043, Japan.

Tel.:03-3301-7600, Fax: 03-3301-7601.

Email: contact@mif-japan.org

 

Xujjatlar 31 iyulgaqadar qabul qilinadi.
Grant to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: http://www.mars.dti.ne.jp/mif/.