Ilmiy risolaga ilk qadam

2 mart 2019 yil soat 1400 da V - korpus 613 - xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti N.Eshpulatovning 05.05.07 - Qishloq xoʻjaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi boʻyicha “Meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish elektrotexnologiyasi” mavzusida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining kafedra muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda kafedra aʼzolari va taklif etilgan professor-oʻqituvchilar qatnashishdi. Talabgor N.Eshpulatov dissertatsiya ishining maqsadi, vazifalari va olingan ilmiy natijalar boʻyicha maʼlumot berdi. Yigʻilish qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha kerakli javoblarni olishdi. Dissertatsiya ishini keyingi bosqichda himoya qilish uchun tavsiya etish boʻyicha kafedra qarori qabul qilindi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov