Shu kunlarda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi mudiri D.Qodirov va kafedra professori O.Tursunovlar xizmat safari bilan Polshaning Krakov shahrida bo‘lib turibdi. Ushbu safardan maqsad Polshaning Krakov shahrida joylashgan Krakov texnologiya universitetining o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqot laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish hamda har ikki tomonlama xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, Stanislav Stashitsa nomidagi tog‘-metallurgiya Akademiyasi professorlari prof. Slavomir Mikrut, prof. Yan Vinsent Dobrovolskiy, Krakov Texnika Universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori prof. Yeji Zays, “Energiya samarador qurilish” laboratoriyasi mudiri Marchin Furtak hamda universitet professori Dr. Justina Kobilarchiklar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvlar davomida quyidagilarga kelishildi:
Muhokamalar so‘nggida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI), “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi hamda Krakov Texnologiya universiteti (KTU) bilan ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma bandlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.
Institutda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tashabbuskorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan SCOPUS ma’lumotlar bazasiga kiruvchi xalqaro ilmiy Konferensiya oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi haqida o‘zaro kelishildi va ushbu tadbirda Krakov Texnologiya universiteti hamkor tashkilot sifatida ishtirok etishi belgilandi.
TIQXMMI matbuot xizmati