27-mart kuni G-413 xonada soat 15.00 da “Gidravlika” fanidan, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi bo‘lib o‘tdi. Respublika Olimpiadasini o‘tkazish kafedraning dolzarb va ma’suliyatli masalalaridan ekanligi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng e’tibor berilayotganini inobatga olib, Respublika Olimpiadasi yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida o‘tkazildi.
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha fidokorlik bilan talabalarga bilim berib kelmoqdalar. Institutimiz talabalari har yili o‘tkaziladigan Respublika Olimpiadalarida qatnashib institut nufuzini oshirishda nufuzli o‘rinlarni egallab, o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
“Gidravlika” fan Olimpiadasining 1-tur natijalariga asosan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 304-guruh talabasi Jalolov Fazliddin 341 ball natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Olimpiadada qo‘yidagi talabalar o‘z bilimlarini namoyish qilib, faol qatnashdilar:
1. Jalolov Fazliddin GM fakulteti 304 gurux talabasi;
2. Dushaboyev Shaxboz GTQ fakulteti 210 gurux talabasi;
3. Po‘latov Aziz GM fakulteti 307 gurux talabasi;
4. Adxamov Jaxongir GM fakulteti 301 gurux talabasi;
5. Turdiyev Yoqutbek GM fakulteti 307 gurux talabasi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov