O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan kelishilgan “Muammoli mavzular” nomli grafigi asosida 2019 yil 1 noyabr kuni “Davlat kadastrlari ma’lumotlarini qabul qilish, tahlil qilish va yuritishdagi muammolar hamda ularning zamonaviy yechimlari” mavzusidagi master-klass bo‘lib o‘tdi. Master-klass Yer resurslarini boshqarish fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan “Davlat kadastrlari yagona tizimi, respublika axborot tihlil markazi” bo‘limi mudiri Sohib Komilov hamda TIQXMMI “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti Aziz Inamovlar tomonidan qiziqarli tusda olib borildi. Mavzu yuzasida bugungi kunning eng dolzarb muammolari va ularning yechimlari borasida qiziqarli ma’lumotlar berib borildi. Tinglovchilar va talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov