Institut rahbariyati belgilagan reja asosida "Adiblar xiyobonida"gi Abdulla Oripov haykali atrofida manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Institutimiz “Gidromelioratsiya” fakulteti “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalari ishtirokida Abdulla Oripov xotirasiga bag’ishlangan “Onajonim sheriyat“ nomli tadbir bo’lib o'tdi. Tadbirda talabalar tomonidan Abdulla Oripovning hayoti va ijodiyotiga daxldor she'rlarni yod aytib, qo’shiqlar raqslarga ulandi. Tadbir aynan 1-kurs talabalari tomonidan tayyorlanganligi ularni iste'dod va qobiliyatlarini bilish ma’nosida ahamiyatlidir. Tadbirda institutimiz GM fakulteti dekani o’rinbosari Z.Abdurashidov, A.Karimovlar ishtirok etdilar. Аbdulla Оripovning аsarlarida shafqat va mehrsizlik, inson va tabiat, urush va tinichlik, аjdodlar va аvlodlar zanjiri va boshqa shu kabi hayotiy munosabatlar yetakchi mavzular hisoblandi. Tashrif chog’ida talabalar shoirning hayot va ijod yo’llari, yozilgan noyob kitoblari hamda dunyo bo’ylab qilgan sayohatlari haqida atroflicha ma'lumotga ega bo‘ldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati