2019 yil 4 noyabr kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti 5A450502 - “GMTF” mutaxassisligi 2-kurs 16-guruh magistrantlari I.N.Tursunov, A.J.Erkinov, D.K.G‘ulomov, J.Narzievlar “Amaliy gidrometriya” fanidan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida, fan o‘qituvchisi “GMTF” kafedrasining dotsenti B.T.Amanov tomonidan tashkil etilgan ko‘chma darsda ishtirok etib, “Qorasuv” kanalini vertushka “GR-21m” qurilmasi yordamida suv sarfini o‘lchash ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu jarayonga ISMITI katta ilmiy xodimi I.Yu.Ibragimov taklif etilib, amaliy ko‘nikmalar olindi.
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi dotsenti Baxodir Amanov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov