O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning amaliy ijrosini ta'minlash maqsadida ,,Gidromelioratsiya” fakulteti ,,SXIT va UF’’ yo’nalishi 107-guruh talabalari bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun, belgilangan grafik asosida 5-dekabr kunida ,,Mustaqillik va Xotira maydonlari” ga tashrif buyurishdi. Mustaqillik maydoniga tashrif buyirish chog’ida guruh murabiyi D.G’ulomov hamrohligida ushbu bosh maydonimiz qurilish tarixi va buguni haqida ma'lumotlarga ega bo’ldik. O‘zbekiston xaritasi aks etgan “Mustaqillik” monumenti yonidagi “Baxtiyor ona” haykali mavjud bo’lib, hatto oddiy ish kunlarida ham bu go‘zal maskan saylgohga aylangan. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan favvoralar ostida sayl qilib huzurlanayotgan ona-yu bolalarni kuzatganda beixtiyor bir oyoqda turgan laylaklarga boqasiz. Naqadar uyg‘un va uyqash betakror manzara! Bu onlar yurt tinchligini, xalqimiz hayoti osoyishtaligini, xonadonlar qut-barakali ekanligini ifodalab turgani bilan dillarni yanada ezguliklarga to‘ldiradi. Ular abadiyat qasri bo‘lib bolalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib turibdi. Shuningdek ushbu tashrif davomida Xotira maydoniga ham talabalar Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g‘alabani ta’minlashda ko‘plab xalqlar qatori O‘zbekiston xalqi ham juda katta hissa qo‘shgan. O‘sha paytda yurtimizda qariyb 3,5 million aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, ulardan taxminan 1,5 million nafari urushga safarbar etilgan. O‘z Vatanining erkinligi va ozodligi uchun, bugun biz kechirayotgan osuda hayot uchun 400 ming nafardan ziyod vatandoshimiz urush maydonlarida qurbon bo‘lgan, yana qanchadan-qancha kishilarimiz bedarak ketgan.
TIQXMMI matbuot xizmati