Hamkorlik-rivojlanish omili

2020 - yil  5 - dekabrkuni “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti B-oʼquv binosi “Turon bank” oʼquv xonasida fakultet dekani R.Xakimov raisligida fakultet professor-oʼqituvchilari hamda iqtidorli talabalari uchun Turon bank АTB “Bank risklarini boshqaruv deportamenti” direktori oʼrinbosari Eshniyozov Otabek Baxodirovich ishtirokida Oʼzbekistonda bank tizimida olib borilayotgan islohotlar, Bank risklari, Bank risklarining turlari, istiqbolli loyihalar samaradorligi hamda Bank tizimida faoliyat olib borayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga qoʼyiladigan talablar xususida maʼruza boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda professor-oʼqituvchilar hamda talabalar tomonidan Bank tizimi boʼyicha qiziqtirgan savollariga javoblar olindi. Tadbir qizgʼin bahs-munozaralar asosida oʼtdi.

TIQXMMI matbuot xizmati