O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida ham xotin-qizlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni oliy ta’limga yanada ko‘proq qamrab olishga alohida e’tibor qaratilgani ham bejiz emas. Shu munosabat bilan 2021 yil 27 avgust kuni «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti xotin-qizlari kengashi raisi N.A. Holiqova “Umumtexnik fanlar” kafedrasi assistenti G.N. Ibragimova bilan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash illmiy tadqiqot” institutida tadbir tashkil qilib, jamiyatda ayollarning o‘rni va roli, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan prezidentimizning olib borgan islohotlari va bajargan vazifalari bilan tanishtirib o‘tdi va institut xodimlariga kerakli ma’lumotlar yetkazildi.
TIQXMMI matbuot xizmati