Inson tabiatidagi burchdorlik tuyg‘usi moziyga qaytib ish ko‘rish, tarixni o‘rganib bugun va ertaning rejalarini belgilash maqsadlari bilan uzviy bog‘liq ekani ayon.
2019 yil 06 noyabr kuni soat 10:00 da “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti 1-kurs talabalari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari rahbarligida (70 nafardan ortiq) talabalar birgalikda O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida talabalar Vatanimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan tortib, hozirgi mustaqillik yillarigacha bo‘lgan davrlarda, yurtimiz hududlarida mavjud bo‘lgan qadimgi madaniyat osori-atiqalari, moddiy-ma’naviy yodgorliklari, davlatchilik tarixi xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari xususida tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘lishdi. Ushbu tashriflar talaba yoshlarda yurtimiz tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hissa qo‘shadi deb umid qilamiz.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov