2021 - yilning 5 - noyabr kuni tyutorlar uchun tashkil etilgan seminar-trening doirasida “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultet dekani A.Xakimov tomonidan "Tyutorlarning fakultetlar bilan hamkorlikdagi faoliyati" mavzusida trening tashkil etildi. Trening davomida O’zbekistonning yanada rivojlanib, taraqqiy etib borishi ko’p jihatdan kelajak avlodning mustaqil hayotga qanday bilimlar, dunyoqarash va ma’naviy qadriyatlar bilan yo’l olishiga ham bog’liqligi Yoshlarning ta'lim-tarbiyasi ona Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat tuyg’usini bolalikdanoq ongu-tafakkuriga singdirib borish, istiqbolli kelajakka qo’yilayotgan mustahkam va nurli qadam hisoblanadi.
Ularni yurtga munosib, jasur, maqsadga intiluvchan va o’z hayotiy pozitsiyasiga ega etib o’stirishda vatanparvarlik tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Institutimiz talaba yoshlarni bilimli, odobli qilib tayyorlashimiz uchun sizlar tyutorlar va biz fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosari, fakultet professor o'qituvchilari bilan birgalikda ishlar olib borishimiz kerakligi aytib o‘tildi. Tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular tomonidan berilgan takliflar muhokama qilindi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati