Insonning mehr oqibati diydorda, tez-tez yo‘qlab turishda. SHuning uchun ham mehr ko‘zda deyishadi. Bayram bahona ustozlar holidan xabar olishga yana bir imkon yaratildi. “Hayot faoliyati kafedrasi” professor-o‘qituvchilari jamoasi 9-may “Xotira va qadrlash kuni” arafasida kafedrada uzoq yillar davomida mehnat qilgan, dotsent, t.f.n., Gazinazarova Siddiqa Masxarovnaning xonadoniga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehnat faxriysiga institut rahbariyatining tabrigi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati