Maktab va oliy ta’lim muassasasi o'rtasida hamkorlik

Davlatimiz rahbarining shu yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini ri­vojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.

Yer resurslarini  boshqarish fakultetiga biriktirilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Asaka” mahallasida joylashgan 18-o‘rta ta’lim maktabga fakultet dekani SH.Narbaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovni H.Eshova, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri Q.Raxmonov va dekan muovini V.Axmadalievlar tashrif buyurishdi. fakultetimiz ushbu maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashmoqda. Yozning issiq kunlarida o‘quvchi-yoshlarning kamol topishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ulkan ahamiyat kasb etyapti. SHu bois, biriktirilgan maktabda “Beshta muhim tashabbus kuni” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha rejalar tuzib olindi. 

 

 

YERB fakulteti YOshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati