2020-yil 5-dekabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta'limi yo‘nalishining 1- kurs 101-gurux talabalari, guruh murabbiyi prof.B.Sh.Matyakubov rahbarligida talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat jarayonida talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyining eksponatlari bilan yaqindan tanishishga muvoffaq bo‘lishdi. Talabalar sayohat davomida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi 1965-yilda Markaziy ofiserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilganligi xamda umumiy maydoni 3 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, muzey hududidan 10 mingdan ziyod eksponatlar o‘rin olganligi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lishdi. Shu bilan bir qatorda xar bir eksponant bilan tanishish jarayonida ularni asosiy mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishdi.
Muzeyning yana bir asosiy ish faoliyati bilan tanishish jarayonida talabalar ekspozisiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarog‘lar) orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ekanligini anglashdi. Sayohat qilish vaqtida talabalar muzeydagi ko‘rgazmali eksponantalar 3 ta qavatda joylashtirilganligi hamda ekspozisiyalar uch harbiy tarixiy davrga bo‘lib yoritilgan ekanligi bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan: Birinchi davr - «Temuriylar davridagi harbiy san'at»ga bag‘ishlanganligi; Ikkinchi davr - fashizmga qarshi kurash (1941-1945 yillar) yillarida o‘zbek xalqining qahramonligiga bagishlanganligi; Uchinchi davr - «Mustaqil O‘zbekiston himoyasida» deb nomlanganligi bo‘yicha muzey xodimlari tomonidan talabalarga ma'lumotlar berib o‘tildi va namoyish qilindi. Muzey faoliyati yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasini boyitishda xamda talabalar bilimlarini mazkur yo‘nalishda yuqori darajada bo‘lishi uchun hizmat qiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati