Yangi oʼquv yilida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida oʼqishga kirgan talabalar soni 300 nafarni tashkil qilib, 15 ta guruhlarga boʼlindi. Ularga guruh murabbiylari tayinlanib, har bir guruh murabbiy guruh talabalarini institut bilan tanishtiruv dasrlari oʼtildi. Birinchi kurslarga instutning oliy talim muassasasining odob-axloq qoidalari toʼgʼrisidagi toʼplamlar, institutning tarixi toʼgʼrisida maʼlumotlar tarqatildi. Mustaqil darsliklar oʼtildi. Institutning ichki tartib qoidalari toʼgʼrisida tushunchalar berildi. Shuningdek, fakultet guruh murabbiylar guruh talabalari bilan poytaxtimizdagi barcha qadamjolar ziyorat joylari hamda muzeylarga sayoxatlar uyushtirishdi. Hafta mobaynida Botanika bogʼi, Oʼzbekiston sanʼat galereyasi, Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʼzbekiston tarixi muzeyi, Аdiblar xiyoboni, Islom Karimov muzeyi, Toshkent siti majmuasi, Olimpiya shon-shuxrat muzeyi, Humo Аrena, Temuriylar muzeyi, Politexnika muzeyi, Qurolli kuchlar muzeyi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Qatagʼon qurbonlari muzeyi, Xalq amaliy sanʼati muzeyi muzeylariga tashrif buyurishdilar. Tashrifdan maqsad yoshlarni oʼz tarixini bilish, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizni avaylab asrash kabi insoniy mehr-muhabbatni qalbiga mustahkamlashdir.
TIQXMMI matbuot xizmati