Talabalar sharoiti va imkoniyati

Ma'lumingizkim, institut rahbariyati tomonidan Talabalar turar joyini markazlashgan holda o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda hal etish ishlariga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi belgilab olingan edi. Bu safar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor boshchiligida barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlari, bir guruh professor-o‘qituvchilar, TTJ rahbariyati, jamoat tashkiloti vakillari 2-talabalar turar joyi "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta‘minoti" fakulteti talabalari joylashgan qismiga tashrif buyurishdi. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar bilan yaqindan tanishib o‘tildi. Na‘munali xonalar aniqlanib esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni yaxshilash  bo‘yicha fakultet rahbariyati hamda TTJ xodimlariga Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan ko‘rsatmalar berildi. Beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari bilan qiziqib o‘tildi. O‘ylaymizki, talabalar ham ushbu e‘tibordan xulosa chiqarib ijobiy javob qaytarishadi. Ushbu sohada amaliy ishlar institut rahbariyati tomonidan davom ettiriladi. Fakultet barcha kafedra mudirlari va o‘qituvchilarining tashrifi davomli bo‘lishini so‘rab qolamiz. Kuzatib boring, oldinda yana 4 ta fakultet va magistratura bo‘limi talabalarining sharoitlari markazlashgan tizimda o‘rganiladi.

Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov