Barchamizga mu’lumki “Sevimli” telekani mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamining jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda barqarorlik, milatlaroro totuvlik, oila institutini mustahkamlash maqsadida bir qancha ko‘rsatuvlar va teleloyihalarni tayyorlab efirga uzatib kelmoqda. Ushbu ko‘rsatuvda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining talabalari ham tomoshabin sifatida ishtirok etishdi. Ko‘rsatuvni bu galgi soni “Shukronalik” ekan. Inson qo‘lidagi ne’matlarga shukur qilar ekan, ne’matlar ziyoda bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Nolish, inkor qilish ila qo‘lidagi ne’mat ham yo‘q bo‘ladi. Alloh taolo bandalariga mislsiz ne’matlarni in’om etdi. Faqatgina bir talab, ana shu ne’matlarga shukr qilishni talab etdi.
Bu galgi ko‘rsatuvimiz qahramoni ham avtohalokat tufayli oyoqlarini yo‘qotgan qiz. Shu holida ham ollohga shukrona aytib, o‘tirgan joyida hunar o‘rganib, o‘rgangan hunarini boshqalarga o‘rgatib, bir qator shogirdlar chiqargan qizning matonatini ko‘rib talaba-yoshlarimiz ajoyib taassurotlar bilan qaytishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati