Institut rektori O‘.P. Umurzaqovning talabalarni mustaqil talim kunini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida talimni sohaga aloqador korxona va tashkilotlar bilan uzviy bog‘lash to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan "Gidromelioratsiya" fakulteti birinchi bosqich "Daryo va suv omborlari gidrologiyasi" ta’lim yo‘nalishi 109 va 110 - guruhlar talabalari guruh murabbiyi Q.Sh. Eshquvatov hamrohligida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida institutning ilmiy faoliyati, tarixi va ilmiy tadqiqot institutida olib borilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Institutda joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli asosiy laboratoriya va o‘lchov-kuzatuv ishlarini olib boruvchi zamonaviy asbob uskunalar bilan tanishuv reja bo‘yicha joriy yilning 27-aprelda amalga oshirilishiga tashkilot mutaxassislari bilan kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati