Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida o'tkazilgan navbatdagi kengash yig’ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tayanch doktorantlar uchun ta’sis etilgan davlat stipendiyasi tanlovining 2021 - yilgi g'oliblariga guvohnomalar, ularning ilmiy rahbarlariga esa faxriy yorliqlar topshirish marosimi o'tkazildi.
Mazkur tadbirda Qishloq va suv xo’jaligi yo’nalishi bo’yicha tanlov g’olibi bo’lgan institutimizning Yerdan foydalanish kafedrasi 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti Abdurahmanov Ilhom Isakovich hamda uning ilmiy rahbari, Yerdan foydalaning kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Bobojonov Allabergan Ro’zimovich ham ishtirok etib, guvohnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Sovrindorlarga guvohnoma va faxriy yorliqlarni O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Toshqulov Abduqodir Hamidovich topshirdi hamda g’oliblarning ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Tanlov g’oliblari hukumat tomonidan iqtidorli talabalar va yosh olimlarga berilayotgan katta e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati