Institutimiz talabalar turar joylaridagi sharoitlar mutasaddilar tomonidan o‘rganildi

Joriy yilning 7 – sentabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari R.Xakimov 2021-2022 oʻquv yili boshlanishi yuzasidan institutimiz talabalar turar joylariga talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.

Talabalar uchun hozirlangan sharoitni oʻrganish bilan bir qatorda xonalarga kirib yangi oʻquv yili bilan talabalarni tabrikladi va suhbatlashdi. Talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar hamda dars qilish, ovqatlanish madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati