“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining 1-kurs 101-guruh talabalarini “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti T.Bayzakov boshchiligida har haftaning shanba kuni an’anaga aylanib qolgan 5+1 tizimi bo‘yicha Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarini ekskursiya qilishdi. Bu safargisi Toshkent shahrining markazi bo‘lgan Mustaqillik maydoni bo‘ldi. U yerda talabalar poytaxtimizning eng chiroyli joylarini tomosha qilib, shu bilan birgalikda Motamsaro ona haykaliga borishdi. Guruh murabbiysi T.Bayzakov talabalarga Motamsaro ona haykali va mustaqillik maydoni haqida ko‘plab ma’lumotlar berishdi.
Ushbu ekskursiya talabalarga ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va Vatanimiz qanchalik chiroyli hamda ko‘plab tarixlarga ega ekanligini tushunishdi. Talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga guruh murabbiysi T.Bayzakov tomonidan yetarlicha javoblar olishdi. Bundan tashqari T.Bayzakov guruxdagi qizlarni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan samimiy tabiriklashdi.
“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati