Milliy kurashimizning sport turi sifatidagi olamshumul roli bugungi kunda keng shuhrat yoygani rost. Chapdastik, chaqqonlik va abjirlik singari sifatlari bilan dunyo mamlakatlarining ishonchini qozonibgina qolmay, balki xalqaro sport terminologiyasiga yangi atamalarning kirib kelishiga sabab bo‘lgani quvonarlidir. Yonbosh, chala, g‘irrom tushunchalar atamasi keng qo‘llanilmoqda.
2021 yil 4-5 mart kunlari fakultetlararo talaba-yoshlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Kurash-FAXRIM, G‘URURIM” shiori ostida “Rektor kubogi” uchun 60, 66, 73, 81, 90, +90 vaznlar bo‘yicha jami 6 nafar GM, GTQ, QSXET, QXM, YeRB, SXTEB fakultetlari o‘rtasida ko‘tarinki ruhda murosasiz bellashuv o‘tkazildi. Umumjamoa medallar hisobida natijalar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rinni QSXET fakulteti terma jamoasi 2ta oltin, 1ta kumush, 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritib “Rektor kubogi” g‘olibi bo‘ldilar.
YERB fakulteti terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritib 2-o‘rinni egallashdi.
GM fakulteti terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib faxrli 3-o‘rinni egallashdilar.
Doimiy omad va muvaffaqiyatlar jamoalarga yor bo‘lishini tilab qolamiz.
“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Norqobilov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati