“Yer resurslarini boshqarish ” fakulteti 207 - guruh talabalari joriy yilning 7 arrel kuni ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga aziz qadamjolarni ziyorat qilish maqsadida sayohat uyushtirishdi. Talabalar Samarqand shahriga tashrif chog‘ida boy tariximiz, takrorlanmas madaniy meroslarimiz bilan ham tanishib, tarix bilan yuzlashishdi. Samarqand shahridagi har bir muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, buyuk ajdodlarimiz qudrati, shon-sharafiga yana bir karra guvoh bo‘lishdi. Bu safar talabalarda katta taassurot qoldirganligini ularning yuz-u ko‘zlaridan ham bilish mumkin edi.
“Davlat kadastrlari” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi J.A.Kubaev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov