O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududida “Shon-sharaf” davlat muzeyi bunyod etilgan edi.
Shu maqsadda joriy yilning 9 iyun kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1- kurs 110-gurux talabalari, gurux murabbiyi A.Bozorboev bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan talaba yoshlarimizning bu yerdagi eksponatlarni ko‘rib qalbi hayajonga to‘ldi. Bu majmua talaba yoshlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligiga yana bir bor iqror bo‘lib qaytishdi.
YOBIB dekan muovini K.Usmonov
TIQXMMI matbuot xizmati