Dunyoning eng katta -Green- yashil startup arenasi Climatelaunchpadtda O'zbekiston nomidan TIQXMMI jamoŠ°si ishtirok etadi

Climatelauchpad bu dunyodagi eng katta ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va qishloq xo'jaligi bo'yicha startaplarni moliyalashtiruvchi, umumiy moliyaviy fondi 300 000 € (Euro) bo’lgan, akseleratorlardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etadi. Institutimizning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish jarayonlarni  avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Usmanov Aziz Magdaliyevich, tayanch doktarant Ozodov Ezoz, magistrant Yusupov Muhammadsodiqjondan iborat  tarkib topgan jamoasi o’zining “Defuse-IT” loyihasi bilan O’zbekistondan ishtirok etayotgan 30 dan ortiq loyihalar o’rtasida faxrli 1 - o’rinni egalladi va endilikda O’zbekiston nomidan mintaqaviy bosqichda ishtirok etadi unda Isroil, Bolgariya, Pokiston, Hindiston va Gollandiya kabi davlatlar bilan o’z startup loyihalari bilan bellashadilar.