Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashkilotchiligida “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO-2021 AS) nomli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi  07.02.17 y. PF-4947-sonli va “O‘zbekiston Respublikaci suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 10.07.20 y. PF-6024-sonli farmonlariga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida joriy yilning 7-9 sentyabr kunlari dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Moskva davlat qurilish universiteti, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti, Lissabon oliy texnika instituti, Toshkent davlat transport universiteti, Qarshi iqtisodiyot va muhandislik instituti hamda  Qozoq-Nemis universiteti, “Gidroproekt” AJ bilan hamkorlikda “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO-2021 AS, http://conmechydro.tech/)» nomli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Gidroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish materiallari va konstruksiyalari, inshootlar gidravlikasi, gidrotexnika qurilishi, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, elektrifikatsiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, mashinasozlik, intellektual transport tizimlari va transport logistikasi sohalaridagi  mavjud muammolar echimini tahlil qilish platformasini yaratish, yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ilmiy konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konferensiyada AQSH, Fransiya, Yaponiya, Vengriya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlardan 600 dan ortiq mualliflar onlayn tarzda ishtirok etishdi. Muhokamadan o‘tgan ilmiy maqolalar SCOPUS, WEB OF SCIENCE xalqaro bazalar ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy-texnik jurnallarda chop etiladi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati