Besh tashabbus - Besh imkon

    “Qishloq va suv xoʼjaligini energiya taʼminoti” fakulteti 1-bosqich talabalari oʼrtasida 2020-yil 3-dekabr kuni institut sport majmuasida “Besh tashabbus - Besh imkon” shiori ostida sportning mini-futbol turi boʼyicha “dekan kubogi” musoboqasi oʼtkazildi. Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad talaba yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, bir birlariga boʼlgan xurmatni oshirish hamda talabalarni sportga boʼlgan muhabbatini mustahkamlashdan iborat. Umumiy boʼlib 10 ta jamoa ishtirok etgan musoboqada TJIChАB yoʼnalishi 103-guruh talabalaridan iborat jamoa 1-oʼrinni, MEM yoʼnalishi 109-guruh talabalaridan iborat jamoa 2 -oʼrinni, TJIChАB yoʼnalishi 102-guruh talabalaridan iborat jamoa 3-oʼrinni egallashdi va sertifikat va estalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.

TIQXMMI matbuot xizmati