2019-yil 31-may kuni, bahorning so‘ngi kunida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi Boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a‘zolari, fakultet yoshlar yetakchilari va faol talabalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Q.O.Shavazov ochib berdi. U bugungi kunda yoshlarning tashabbuskorligi, intiluvchanligi va tashkilotchilik qobiliyatini yanada oshirish hamda ushbu yo‘nalishlarda aynan faol talaba-yoshlarning o‘rni beqiyosligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, 2018-2019-o‘quv yilida institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga 161 nafar to‘lov-kontrakt asosida ta‘lim oluvchi talabalar moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etilganligi, 161 nafar to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 35 % to‘lov-kontrakt summalari jami 501 000 000 so‘mga yaqin mablag'da to‘lab berilgani haqida ta‘kidlab, barcha ushbu imtiyozga ega bo‘lgan talabalarni, ularning ota-onalarini samimiy tabrikladi. Moddiy qo‘llab-quvvatlangan talabalarga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q.Quranboyev tomonidan imzolangan maxsus sertifikatlar tantanali topshirildi. Barcha faol talabalarimizni, ularning ota-onalarini, oila a‘zolarini chin dildan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatingizda bundanda faol bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishingizda ishonamiz.
Institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi A.Berdimurodov ma‘lumoti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov