So’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ilk ma’lumot beruvchi manba bu shubhasiz, u zotning o’z asarlaridir. Shoir garchi o’z tarjimai holini maxsus yozib qoldirmagan bo’lsada, lekin Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsiyati, ijodiy va ijtimoiy faoliyati haqida muayyan fikrlar keltirilgan. 2021-yilning 9-fevral sanasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituiti Buxoro filialining Madaniyat saroyida ulug’ mutaffakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan “Besh asrkim nazmiy saroyni” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi Buxoro shahar bo’linmasi rahbari A.Hakimov ochib berdi va o’z so’zida o’zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutaffakkiri va davlat arbobi bo’lgan Alisher Navoiy hayoti va ijodini sidqidildan o’rganish insonda ma’naviy yuksalish va kamol topishida qanot bo’lishini aytib o’tdi. Shuningdek, filialning “Ijtimoiy gumanitar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri T. Xudoyqulov tomonidan Alisher Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatida bosib o‘tgan yo‘li, qilgan ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar o‘qib eshittirildi. Shundan so’ng tadbirning badiiy qismiga o‘tildi. Unda filialning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan raqslar, Navoiy ijodidan g‘azallar va sahna ko’rinishlari, Navoiy haqidagi video-roliklar namoyish etildi. Ayniqsa, Alisher Navoiy g’azallaridan kuylangan jonli ijrodagi qo’shiqlar tadbir qatnashchilari tomonidan iliq kutib olindi.
Tadbir so’ngida filialning “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi M. Mirxanova so’zga chiqib, tadbir ishtirokchilari va qatnashchilarini ushbu kun bilan muborakbod etgan holda bugungi madaniy-ma’rifiy tadbirdan olgan ulkan taassurotlari haqida so’z yuritib tadbirga yakun yasadi.
TIQXMMI Matbuot xizmati