Qutlaymiz

Unvon va mukofotlar rag‘bat, harakat uchun da’vat, aslida. Inson ruhlanadi, ezgu ishlarga qobil bo‘ladi, yanada ildam intiladi. Badiiy adabiyotda har bir obrazning o‘z o‘rni va mohiyati bo‘lgani kabi hayotda ham o‘rni bor. Afsuski, ular aksar hollarda o‘z o‘rnini topa olmasdan yurishadi. Har kimning qobiliyatidan foydalana olgan jamiyat rivoj topadi, taraqqiy etadi. Olamlarning ochqichi olimlar ilmi bilan. Bu dunyoni anglashning muhim kaliti ilmdir. Imom Buxoriy e’tirof etgani  kabi "ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay."

Shunday ekan, rasmiy va norasmiy e’tiroflar qilingan xizmatlar uchun hurmat va e’tiborning yuksak namunasi ekani aniq. Inson mukofot va unvon atalmish rag‘batga musharraf bo‘lsa, ruhlanadi, yanada ulkan ishlarga qobil bo‘ladi, jadal bel bog‘laydi. Bundan uch ming yil oldin yozilgan qadimgi Hind hikmatlarida nimaning nimaga bog‘liqligi haqida shunday bitik bor. "Bilim ta’limga bog‘liq, izzat ishlarga, farovonlik g‘ayratga, mukofot taqdirga bog‘liq." Demak, qismatida unvon va mukofot bo‘lsa albatta, rag‘batlantiriladi. Shuning uchun ham "falonkas faxriy yorliq bilan taqdirlanadi" deb yozilishida ham ayni shu haqiqat bor. Xullas, o‘z sohasidagi xizmatlari, yutuqlari bilan e’tiborga molik bo‘lgan kasbdoshlarimiz bilan g‘ururlanamiz.

Ularning yutug‘i har birimizning, jamoamizning yutug‘idir. Kuni kecha “Geodeziya va geoinformatika" kafedrasining o‘qituvchisi, yosh fidoyi olim, mohir pedagog O‘tkir Islomov "Turon" fanlar akademiyasining "Faxriy dotsenti" unvoniga sazovor bo‘ldi. Biz kasbdoshimizni samimiy tabriklaymiz, mukofot va unvonlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
 

 

TIQXMMI matbuot xizmati