6 soatlik ma’ruza

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 87-03-622-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2018 yil 24 dekabrdagi 170-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining III-bo‘lim, 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi bilan “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida 18 soatlik o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur shartnoma asosida 2019 yil 9 aprel kuni soat 1330 da institutning ARM videokonferensiyalar zalida “Intellektual mulk Agentligi” qoshidagi o‘quv markazi boshlig‘i F.T.Ergasheva tomonidan “O‘zbekistonda Intellektual mulk muhofazasi. Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risida tushunchalar” mavzusida intstitut professor-o‘qituvchilariga 6 soatlik ma’ruza havola qilindi. 

"Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish" bo‘limi boshlig‘i M.Sarimsaqov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov