Ustoz va e’zoz birligi

 7-may kuni  "Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri Sh.M. O‘ljaeva, professor H.Hamidov, kafedra assistenti X. Botirovalar kafedrada uzoq yillar ishlagan, iqtidorli professor, irrigatsiya sohasida kadrlarni tayyorlashga beminnat hissa qo‘shgan mehnatkash va zahmatkash olim Ravshan Sangirovning xonadonida bo‘lib ustozni ziyorat qilib keldilar. Professor Ravshan Sangirovga rektor sovg‘asi topshirildi. Ustoz o‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlari haqida so‘zlab berdilar.

 Ustoz urush vaqtidagi qiyinchiliklar, ular eng og‘ir damlarda voyaga yetishgani, urush azoblarini tortgani, qiyinchiliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganinini hikoya qilib berdilar. Professor R.Sangirov jamoa ishini samarali yuritish bo‘yicha ustozlarga o‘z maslahatlarini berdilar, odob-axloq haqidagi risolasidan tuhfa qildilar. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan institut rektori tomonidan berilgan moddiy rag‘batlantirishlardan xursand bo‘lib o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.  Ustozlarni yo‘qlash biz uchun ham farz, ham qarzdir. Zero, ustozlarni yo‘qlash va ularni rozi qilish ulug‘ amallardandir.

TIQXMMI matbuot xizmati