Institutimizda “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tashabbusi bilan 2019 yil 4-5 yanvar kunlari 6 - maʼruzalar zalida Krakov texnologiya universiteti tadqiqotchisi t.f.d. Tursunov Obidjon Boboqulovichning “MASTER CLASS in Scientific Writing & Publishing (Web of Science and Scopus Indexed Journals) - International Experience” mavzusidagi seminari tashkil etildi.
Seminarni tashkil etishdan maqsad, institutimiz reytingini jahon miqyosida faoliyat yuritayotgan yetakchi oliy taʼlim muassasalari qatoriga qoʻshish va olimlarimiz tomonidan yaratilayotgan ilmiy maqolalarni Web of Science va Scopus Indexed Journalslarda nashr ettirishdan iborat.
Seminarning birinchi kunida professor O.B.Tursunov tomonidan Web of Science va Scopus Indexed Journalslarda maqola chop ettirishga qoʻyiladigan talablar va ularni bajarish uchun maxsus koʻrsatmalar berildi, seminarning ikkinchi kuni esa Web of Science va Scopus Indexed Journalslarda maqolalarni chop ettirish mumkin boʻlgan jurnallar, ulardagi redaktorlarning asosiy talablari va eʼtibor berish kerak boʻlgan masalalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Seminarda 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar, ular seminar davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Seminar soʻngida qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
Seminar koordinatori PhD D.B.Qodirov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov