Joriy yilning 9 oktyabr sanasida institutimizdagi Britaniya Kengashi Kasbiy Rivojlantirish Markazida TIQXMMI qoshida tashkil qilingan aniq fanlarga ixtisoslsshtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Ingliz tili fanidan maktab bosqichi olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada qatnashish uchun maktabning 7, 8 va 9-sinf o‘quvchilaridan institutimizga eng iqtidorlilari taklif etildi. Eslatib o‘tamizki, maktab o‘z faoliyatini shu o‘quv yili yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘quvchilar imtixon asosida saralab olingan.
Dastlab tashrif buyuruvchilarga institutdagi mavjud fakultetlar va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek o‘quvchilar istitutimizda tashkil etilgan Buyuk shoir Abdulla Oripov muzeyiga ham tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilari institutimizdagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda halqaro loyiha doirasida tashkil qilingan Kasbiy Rivojlantirish Markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Markazda IELTS imtixonini topshirish va registratsiyadan o‘tkazish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Olimpiadani maktab direktori dos. K.Kubyashev ochib berdi va shu tariqa olimpiadaga start berildi.
Olimpiada asosan 9-sinf o‘quvchilariga rejalashtirilgan bo‘lib o‘quvchilar topshiriqlarni Markaz va ARM kompyuterlarida bajarib o‘z natajalarini shu zaxotiyoq ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.9-sinflar ichida 1-o‘rinni 9A-sinf o‘quvchisi Jabbarova Roza 2-o‘rinni Abduraximov Alisher egallashdi. G‘olib o‘quvchimiz respublika bosqichiga tavsiya qilindi.Shu tariqa 7 va 8-sinflarda ham maxsus vazifalar berilib faol o‘quvchilar saralab olindi. Umid qilamizki, maktab va institut o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida o‘quvchilarni o‘z kasblarini tanlashlarida yordam beradi.
TIQXMMI matbuot xizmati