Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Istiqlol yillarida mazkur soha tubdan isloh qilinib, uning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning muhim omili sifatida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilayapti. Sababi, respublikamizda sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘prog‘i turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, bu hol tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligiga doimo xavf solib turadi.
Biroq yurtimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sizot suvlari sathini pasaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat berilib, tizimli chora-tadbirlar olib borilayotgani tufayli muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Bugun institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Yulchiyev Davronbek Gulamovich 4 bosqich 403-guruh talabalariga “Sho‘r yuvish jarayoni va hisobi” mavzusida Ochiq amaliy mashg‘ulot darsini o‘tdi.
Ochiq darsda Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universiteti dotsenti va Leibniz ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Dr.Ahmad Hamidov, Gidrometerologiya ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi Gafurov A.A., “Ozsuvloyiha” AJ yetakchi injeneri Tadjiyev S.S., "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg’ulot avvalida o‘qituvchi talabalarga: sho’r yuvish tadbirining qishloq xo’jaligida ahamiyati, sho’r yuvish jarayonini tashkil etish shartlari haqida tushunchalar berish bilan boshladi. Shuningdek, sho’r yuvish jarayonini tashkil etish hamda sho’r yuvish me’yorini aniqlash tartibi tushuntirildi va talabalarga sho’r yuvish me’yorini aniqlashga doir topshiriqlar berildi, so’ngra mashg’ulotda faol ishtirok etganlikka qarab o’qituvchi har bir talabani baholab bordi. Dars so’ngida Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin universiteti dotsenti va Leibniz ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Dr.Ahmad Hamidov so’zga chiqib, ochiq dars to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Amaliy mashg’ulot darsi talabalar va o’qituvchi o’rtasida o‘zaro fikr-almashinib, savol-javob tarzida qiziqarli o‘tkazildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov