BAHORNING 5 KUNI DOIRASIDAGI yana bir tadbir…

Institutimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan o`tkazilib kelinayotgan “Bahorning 5 kuni” festivalining so`nggi  beshinchi kunida guruhlar o`rtasidagi milliy taomlar bellashuvi tanlovi o`tkazildi. Ushbu tanlov qatnashchilari tomonidan juda chiroyli va ko`tarinki kayfiyatda o`tkazildi. Tanlov bir nechta guruhlar  ishtirokida tashkil etildi. Har bir guruh dasturxon yozishdi va o`ziga hos uslubda bezatib, ularga haqiqiy bahorni go`zal va tansiq milliy taomlari o`zgacha ko`rinish berib turdi.

Ushbu tanlovni o`tkazish bilan birga, barchaga bahoriy kayfiyat ulashdik desak, mubolag`a bo`lmaydi. Buni barchaning yuzidagi bahoriy sog`inch hissini aks etib turgan samimiy tabassumdan ham bilish qiyin emas edi. Qizlar bu tanlovda haqiqiy mahorat egasi ekanliklarini namoyish eta olishdi. Tadbir so`ngida eng yaxshi bezatilgan, bahoriy dasturxonlar hakamlar tomonidan baholanib, munosib o`rinlar berildi.        

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov