Ta’lim -fan-ishlab chiqarish tizimini mukammallashtirish

Ma’lumki, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishi oliy o‘quv yurtlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Shu sababli ham oliy o‘quv yurtining jamiyat rivojlanishidagi integratsiyasi muhim ahamiyatga egadir.

Shularni inobatga olgan holda institut rektorining 2021.12.02 dagi 101/T sonli buyrug’iga asosan “Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti” fakultetining Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi ta’lim yo’nalishining 2-kurs talabalari “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi professof-o’qituvchilari, O. Nazarov, M. Begmatov va A. Mustafoqulovlar boshchiligida O’zbekiston milliy metrologiya institutiga(10.03.2021) va “Turon elektromontaj” AJ ga(11.03.2021)  tanishuv amaliyotini o’tash uchun tashrif buyurdilar. Amaliyot davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga korxona xodimlari tomonidan javob oldilar.

E’tirof etish joizki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida ta’lim tizimini yanada mukammallashtirish maqsadida ta’lim-tarbiya va ishlab chiqarish sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va rivojlantirish, jahon standartlariga mos kadrlar tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlar davom ettirilmoqda.

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi

stajyor-o’qituvchi A. Mustafoqulov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati