Ilm-u amal uygʻunligi inson uchun ham, taraqqiyot uchun ham katta ahamiyat kasb etishi sizga yaxshgi maʼlum. “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 1 kurs talabalarini oʻquv jarayonlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bogʻlash maqsadida “Qishloq xoʻjalik mashinalari” kafedrasi dotsenti O. Djabriyevning tashabbusi va saʼy - harakatlari bilan “Qishloq xoʻjaligi muhandislik asoslari” fanidan “Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish tashkilotlari bilan tanishish amaliyoti” tashkillashtirildi. Amaliyot davri joriy yilning 18 – 21 dekabr kunlarida boʻlishi belgilandi. Ayni damda “Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash” fakulteti 1 kurs talabalarini qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi Toshkent Agregat zavodining sexlari faoliyati bilan tanishtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
QXM fakulteti Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Raximov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov