2020 yil 11 dekabr kuni “Gidromelioratsiya” fakul'teti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta'lim yo‘nalishi 101-gurux talabalari uchun Suv xo‘jaligi vazirligining “Ilmiy va innovasion ishlarni joriy etish” bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sayidov Malik Temirovich “Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada “Iriigasiya va melioratsiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari: Matyakubov B.Sh. va Hayitova M.S. xamda “Gidromelioratsiya” fakul'teti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Allayorov D.Sh.lar ishtirok etishdi. Sayidov Malik Temirovich ma'ruza davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024 sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097 - sonli farmonlari, shuningdek huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ilmiy-texnik tshlar xamda ularga qo‘yiladigan vazifa - talabalar bo‘yicha qisqacha tushuncha berdi.
Shu bilan bir qatoda, 2020 yilda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2,0 mlrd.so‘m qiymatiga ega bo‘lgan 25 ta mavzudan iborat ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari amalga oshirilganligi xamda olingan ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilish yuzasidan ma'lumotlar taqdim qilindi. Ma'lumot tariqasida quyidagilar keltirib o‘tildi: hozirda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv xo‘jaligi sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilganligi hamda yosh olimlar qo‘llab-quvvatlanib kelinayotganligi, jumladan Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 79-sonli buyrug‘iga asosan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi “Ishchi komissiya” tashkil etilganligi va mazkur komissiya 2020 yilda 31 nafar tadqiqotchilarning dissertasiya ishlarini o‘rganib chiqib, erishilgan natijalar suv xo‘jaligi sohasiga tadbiq qilinganligini ta'kidlab o‘tilganligi bo‘yicha tushuncha berdi. Sayidov Malik Temirovich, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan yildan - yilga ilmiy taqiqot ishlarini qo‘llab quvvatlanayotganligi taqsinga loyiqligini aytib o‘tdi xamda davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq suv xo‘jaligi sohasi masalalari bo‘yicha vazirlik huzuridagi “Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti”da 2020 yilda 3,68 mlrd. so‘m qiymatidagi jami 5 ta fundamental, 13 ta amaliy ilmiy - tadqiqot loyihalar amalga oshirilganligi va erishilgan natijalar haqida qisqacha tushuntirdi. Ma'ruza qiziqarli ruxda bo‘lib o‘tdi xamda barcha berilgan savollarga yetarlicha javoblar olindi.
Matyakubov B.Sh. “Irrigasiya va melioratsiya” kafedrasi professori