2020 yil 11 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli Ilmiy Kengash qoshida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda “Elekrotexnika va mexatronika” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.U. Djalilovning PhD darajasini olish uchun “Gidromeliorativ obektlari boshqaruv va nazorat tizimlari uchun ko‘p funksiyali intellektual datchiklar “ mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Seminarni akademik X.Z. Igamberdiev olib bordi va katta o‘qituvchi A.U. Djalilovning dissertatsiya ishi qizg‘in ilmiy bahslarga boy bo‘ldi. Tasvirlarda bahs munozaralardan lavhalar keltirilgan.