El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni tarix ham siylaydi. Xalqimizning tinch, to‘kin va barqaror hayoti, yorug‘ kelajagi yo‘lida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir. Bugun institutning "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakultetining 3-kurs 302-guruh talabalari guruh murabbiysi A.Atajanov bilan birgalikda Adiblar xiyobonida o‘zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam bo‘lishdi.
O‘zekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri o‘zidan katta adabiy meros qoldirib, o‘zbek sheriyatida yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo‘lida ijod qilgan shoir Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tashrif talabalar qalbida umrbod saqlanib qolishi tayin.
TIQXMMI matbuot xizmati